Sport maktablari futbol ligasi kubogi yakuniga yetdi
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Farg‘ona shahridagi “To‘qimachi” stadionida Sport maktablari futbol ligasi kubogi (U-13) musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Final bahsida Farg‘ona jamoasi Toshkent viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushib, raqib ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi va musobaqaning g‘olibi bo‘ldi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa Qoraqalpog‘iston jamoasi muvaffaqiyat qozonib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Taqqdirlash marosimida Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Nosirjon Otaqoziev, Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarga kubok va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist