locale OZ

Sport huquqshunosi: UEFA FIFA ustidan sudga murojaat qilishi mumkin

Agar FIFA mazkur loyihani UEFA va boshqa manfaatdor tomonlar bilan yetarli darajada kelishmasdan amalga oshirsa, bu huquqiy mojaroga sabab bo‘lishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport huquqshunosi: UEFA FIFA ustidan sudga murojaat qilishi mumkin
Foto: Getty Images

Sport huquqi bo‘yicha mutaxassis Jan-Lui Dyupon FIFAning Jahon chempionati va boshqa yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarini xususiy investorlarga qisman sotish rejasi yuzasidan UEFA sudga murojaat qilishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, bu tashabbus Yevropa Ittifoqining raqobat qonunchiligiga zid bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Dyuponning ta'kidlashicha, agar FIFA mazkur loyihani UEFA va boshqa manfaatdor tomonlar bilan yetarli darajada kelishmasdan amalga oshirsa, bu huquqiy mojaroga sabab bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, UEFA ushbu masalani Yevropa sudlarida ko‘rib chiqishni talab qilish huquqiga ega.

Avvalroq UEFA va unga a'zo 55 ta milliy assotsiatsiya FIFAning ushbu rejasini bir ovozdan rad etib, Jahon chempionati futbol merosi ekanini va uni investitsiya mahsulotiga aylantirish mumkin emasligini ta'kidlagandi. Tashkilot, shuningdek, FIFA rejasidan voz kechmasa, uning musobaqalarini boykot qilishini ham ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting