locale OZ

“Special one” yana “avjiga chiqdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Special one” yana “avjiga chiqdi”
PHOTO: Google

O’zini “special one”, ya’ni “benazir” deb atovchi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida yangidan-yangi sarguzashtlar bilan faoliyat yuritishda davom etmoqda.

Gap shundaki, Mourinyo shogirtlari Turkiya kubogi doirasida “Galatasaroy”ga qarshi bahs olib bordilar. Ikki jamoa o’rtasida maydonda daxshatli kurash kechdi.

Birinchi bo’limning 10 va 27 daqiqasida Osimhenni dubli evaziga “Galatasaroy” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo’lsa, birinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqada “Fenerbaxche” futbolchisi hisobdagi farqni qisqartirdi. Uchrashuv hakami o’yinning 90+2 daqiqasida “Fenerbaxche”ning bir va “Galatasaroy”ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi.

Uchrashuvdan keyin Joze Mourinyo asablarini jilovlay olmadi va yana “avjiga chiqdi”. Bu safar “Benazir” raqib jamoa bosh murabbiyi Okan Burukning burniga hujum qildi. Bu harakatlardan keyin portugaliyalik murabbiy bir nechta o’yinga chetlatilishi mumkin. Joze o'yin tugagandan keyin stadionni tark etgan va uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatnashmagan.

Mourinyo bu kabi holatni bir necha yillar avval “Real Madrid”da ishlagan davrlarining “Klassiko”sida ham qilgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting