Spalletti «Yuventus»da Saloh va «Liverpul» yulduzlarini ko‘rmoqchi — La Repubblica
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Liverpul»ni tark etgan 33 yoshli hujumchi Muhammad Salohni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. La Repubblica nashrining xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis mersisaydliklarning yana ikki a’zosi — himoyachi Endryu Robertson hamda darvozabon Alisson Bekker transferiga ham qiziqish bildirmoqda.
Spalletti vaqtida «Roma»da birga faoliyat yuritgan Saloh bilan yana qayta hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Qayd etilishicha, murabbiy misrlik yulduzning qaroriga ta’sir o‘tkazish uchun uning yaqin do‘sti Alisson omilidan ham foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh 2015 yildan 2017 yilga qadar «Roma» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Luchano Spalletti ushbu davr oralig‘ida (2016–2017) Rim klubini boshqargan edi.