Spalletti Joshua Zirkzeeni \"Yuventus\"da ko‘rmoqchi
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va uning asosiy nomzodlaridan biri Joshua Zirkzee hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, turinliklar yozgi transfer oynasi yakuniga qadar "Manchester Yunayted" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Spalletti Zirkzeeni o‘z o‘yin uslubiga mos futbolchi deb hisoblaydi va uni hujumni kuchaytiradigan muhim transfer sifatida ko‘rmoqda.
Biroq ushbu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Zirkzeening "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi davom etmoqda va ingliz klubi futbolchini faqat o‘z shartlari asosida qo‘yib yuborishga tayyor. Shu sababli "Yuventus" dastlab ijara variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Joshua Zirkzee avval A Seriyada "Bolonya" safida muvaffaqiyatli o‘ynagan va aynan Italiyadagi yorqin o‘yinlari ortidan "Manchester Yunayted"ga transfer qilingandi. Endi esa niderlandiyalik hujumchining yana A Seriyaga qaytishi ehtimoli paydo bo‘lgan.