Spaletti Osiyoda ishlashni istamadi
Hozirda italiyalik 66 yoshli mutaxassis ishsiz.
ФОТО: Getty images
Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Luchano Spaletti Yaqin Sharq mamlakatlarida ishlashni istamadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italiyalik 66 yoshli mutaxassisga "Al-Ittihod" va Qatarning "As-Sadd" klublaridan taklif bo'lgan. Biroq mutaxassis ikkala jamoaning taklifini ham rad etgan.
Spaletti Evropa klubida davom ettirishni istashini ma'lum qilgan. Shu sabab Osiyo takliflarini qabul qilmagan.
Eslatib o'tamiz, Spaletti jahon chempionati saralashining 3-turi doirasida Norvegiyadan uchragan mag'lubiyatdan so'ng (3:0) Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist