Son Xyon Min \"Tottenhem\"ni tark etishi mumkin
“Tottenhem” klubida katta “tozalash” ishlari boshlandi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Qayd etilishicha, “shporlar” yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchilari bilan xayrlashmoqchi. Ular orasida hujumchi Son Xyon Min ham bor.
Son bilan xayrlashuv "Tottenhem" jamoasini yozgi qayta shakllantirish rejasining bir qismi bo‘lishi mumkin. Janubiy koreyalik forvardning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lib, "shporlar" o‘z sardori transferidan daromad olishi mumkin. Songga Saudiya Arabistonining bir nechta grand klublaridan qiziqish bildirilyapti.
Son Xyon Min londonliklar safida o‘n mavsumni o‘tkazdi. Bu davr mobaynida hujumchi 454 ta o‘yin o‘tkazib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 32 yoshli Sonning qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.