Son Xyon Min «Sonaldu» laqabi haqida: «Bu nomga loyiq boʻlish uchun hali yetarli darajada ish qildim deb oʻylamayman»
Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi va sardori, klub miqyosida «Los-Anjeles» safida toʻp suradigan Son Xyon Min muxlislar tomonidan uning mahorati dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduga qiyoslanib berilgan «Sonaldu» laqabiga munosabat bildirdi.
«Hozirda «Los-Anjeles»da oʻynayapman, u yerda meksikaliklar juda koʻp. Ularning futbolga boʻlgan ehtirosini his qilyapman va ulardan koʻp narsani oʻrgandim. Menga juda katta mehr koʻrsatishmoqda, buning uchun ulardan minnatdorman. Shunday boʻlsa-da, ushbu laqabga loyiq boʻlish uchun yetarli darajada ish qildim deb oʻylamayman», — dedi Son.
Futbol boʻyicha Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Sayyoramizning 2022-yilgi birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan edi. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan edi (4:2).