locale OZ

Son Xyon Min \"Los-Anjeles\" taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Son Xyon Min "Los-Anjeles" taklifini rad etdi
Photo: Getty Images

"Tottenhem"ning koreyalik hujumchisi Son Xyon Min "Los-Anjeles"ga o‘tishni istamadi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Son yozda London klubini tark etishi mumkin. 32 yoshli koreyalik futbolchi boshqa takliflarga ochiq.

Avvalroq OAVda koreyalik futbolchi yozda Turkiyaning "Galatasaroy" yoki Saudiya Arabistoni chempionatining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Son Xyon Min o‘tgan mavsum "Tottenhem" safida 46 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta gollik uzatma berdi. Jamoasi bilan faoliyatida ilk bor Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting