locale OZ

Son Xyon Min – Janubiy Koreya rekordchisiga aylandi

U 2010 yildan beri terma jamoa libosida to‘p surib keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Son Xyon Min – Janubiy Koreya rekordchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

Janubiy Koreya terma jamoasi va AQShning “Los-Anjeles” klubi hujumchisi Son Xyon Min milliy terma safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.

Ushbu natija Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qayd etildi. Biroq koreyalik futbolchilar bu bahsda besh karra Jahon chempioni bo‘lgan jamoaga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, Son Xyon Min terma safidagi 137-o‘yinini o‘tkazdi. Bu orqali hujumchi 136 tadan o‘yin o‘tkazgan Cha Bom Gyong va Xon Myon Bonni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Son 2010 yildan buyon Janubiy Koreya terma jamoasida to‘p surmoqda. Shu vaqt mobaynida u o‘z hisobiga 53 ta gol va 24 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting