locale OZ

Son Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbolchi 2015 yildan buyon "Tottenhem"da o‘ynamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Son Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images

“Tottenhem” hujumchisi Son Xyon Min Saudiya Arabistoni klublarining diqqat markaziga tushdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klublari koreyalik futbolchi Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishi orqali Angliyadagi faoliyatini yakunlashi mumkin deb hisoblamoqda.

Shuningdek, Saudiya chempionati o‘z brendini yanada kuchaytirish uchun ham yulduz futbolchilarni taklif etishni maqsad qilgan.

O‘tgan mavsumda Son “shporlar” safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2015 yildan buyon “Tottenhem” safida o‘ynamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting