Son MLS klubining taklifini rad etdi
Photo: Getty Images
“Los-Anjeles” klubi “Tottenhem” hujumchisi Son Xyon Min bo‘yicha taklif bilan chiqdi.
The Athletic xabariga ko‘ra, 32 yoshli koreyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq futbolchi bunga rozi bo‘lmadi.
Son boshqa variantlarga ochiq va joriy transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Son va London jamoasi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.
O‘tgan mavsumda hujumchi "Tottenhem" safida 46 ta o‘yinda ishtirok etgan. Son 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor