Son faoliyatini okean ortida davom ettiradi
Photo: Getty Images
Son Xyon Min faoliyatini AQShda davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 33 yoshli futbolchi London klubidagi 10 yillik faoliyatidan so'ng "Los-Anjeles"ga o'tadi. Yarim himoyachi yangi jamoasida yiliga 20 million dollar maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Son London klubi safida 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Futbolchi "Tottenxem" safida jami 454 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 173 ta gol va 101 ta golli uzatma bor.
Bahrom Bobonov
Redaktor