Son faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images
Janubiy Koreya terma jamoasi va "Tottenhem" klubi sardori Son Xin Min faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabar qilishicha, 33 yoshli vingerning xizmatlariga "Los Anjeles" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi ham pul ishlash maqsadida Sonni sotishga tayyor. Klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Transfermarkt" portalida vingerning narxi 20 million yevro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, koreyalik futbolchi yakunlangan mavsumda "shporlar" safida umumiy 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 12 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor