Soler faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images
“PSJ" yarim himoyachisi Carlos Soler faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Villarreal” klubi 28 yoshli ispaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Sariq suvosti kemasi” vakillari uni ijaraga olishi yoki to‘liq sotib olishi mumkin.
Soler o‘tgan mavsumni “West Ham”da ijara asosida o‘tkazdi. “Bolg‘achilar” safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 18 million yevroga baholamoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist