locale OZ

Sohil futboli terma jamoamiz yig‘ini davom etmoqda

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini milliy terma jamoamiz uchun xalqaro musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil futboli terma jamoamiz yig‘ini davom etmoqda
photo: Sohil voleyboli

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi maydonida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda.

Bosh murabbiy Ahadjon Yusupov boshchiligidagi murabbiylar shtabi har kuni ikki mahal mashg‘ulotlar o‘tkazib, futbolchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini yanada mustahkamlash ustida ish olib bormoqda.

Yig‘in davomida futbolchilarning sohil futboliga xos texnik va taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, hujum hamda himoya chiziqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini milliy terma jamoamiz uchun xalqaro musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal federatsiyasi tasarrufi ostida o’tayotgan ilk yig‘in 30-iyunga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting