Sohil futboli. O'zbekistonlik hakam Jahon chempionati bronza medali uchun bahsga tayinlandi
PHOTO: Telegram
Nayim Qosimov sohil futboli bo‘yicha Jahon chempionatining 3-o‘rin uchun bellashuviga tayinlov oldi
Ayni kunlarda Seyshel Orollarida sohil futboli bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, mundialning Senegal va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan 3-o‘rin uchun bellashuvida o‘zbekistonlik FIFA referisi Nayim Qosimov 3-hakam sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Nayim Qosimovga Jahon chempionatining muhim uchrashuvida omad tilab qolamiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor