locale OZ

Sohil futboli. O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi taqvimi

Joriy yilning 18–28-noyabr kunlari Tailandda sohil futboli bo‘yicha XII Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogi-2026 taqvimi tasdiqlandi
photo: Sohil voleyboli

SOHIL FUTBOLI BO‘YICHA OSIYO KUBOGI-2026 TAQVIMI TASDIQLANDI

Joriy yilning 18–28-noyabr kunlari Tailandda sohil futboli bo‘yicha XII Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Uch yildan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi C guruhidan joy oldi va ikki karra Osiyo chempioni BAA, bir bor chempionlikni qo‘lga kiritgan Oman hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi taqvimi:

19-noyabr — Oman – O‘zbekiston
21-noyabr — O‘zbekiston – BAA
23-noyabr — Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

Musobaqaning barcha uchrashuvlari Tailandning Phang Nga shahridagi Memories Beach Arena majmuasida o‘tkaziladi.

Pley-off bosqichi 25-noyabrda boshlanadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan jamoalar orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan ikki terma jamoa chorak finalga yo‘l oladi.

Yarim final uchrashuvlari 27-noyabr, uchinchi o‘rin uchun bahs va final esa 28-noyabr kuniga belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting