Sohil futboli bo’yicha Osiyo kubogi-2026 taqvimi tasdiqlandi
Joriy yilning 18–28-noyabr kunlari Tailandda sohil futboli bo‘yicha XII Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Uch yildan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi C guruhidan joy oldi va ikki karra Osiyo chempioni BAA, bir bor chempionlikni qo‘lga kiritgan Oman hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi taqvimi:
19-noyabr — Oman – O‘zbekiston
21-noyabr — O‘zbekiston – BAA
23-noyabr — Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
Musobaqaning barcha uchrashuvlari Tailandning Phang Nga shahridagi Memories Beach Arena majmuasida o‘tkaziladi.
Pley-off bosqichi 25-noyabrda boshlanadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan jamoalar orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan ikki terma jamoa chorak finalga yo‘l oladi.
Yarim final uchrashuvlari 27-noyabr, uchinchi o‘rin uchun bahs va final esa 28-noyabr kuniga belgilangan.