locale OZ

Sohil futbolchilarimiz yig‘inni qizg’in davom ettirmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 30-iyun kuniga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Sohil futbolchilarimiz yig‘inni qizg’in davom ettirmoqda
photo: Sohil voleyboli

O‘FA Terma jamoalar markazi maydonida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda.

Ahadjon Yusupov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilar bilan har kuni ikki mahaldan intensiv mashg‘ulotlar olib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash bilan bir qatorda, to‘p bilan ishlash, turli o‘yin kombinatsiyalarini takomillashtirish, tezkor hujumlarni tashkil etish hamda himoyadagi harakatlarni mukammallashtirish ustida izchil ish olib borilmoqda.

Kunining birinchi yarmida asosiy e’tibor jismoniy yuklamalarga qaratilayotgan bo‘lsa, ikkinchi mashg‘ulotlarda o‘yin amaliyoti, taktik ishlanmalar va jamoaviy harakatlarni sayqallashtirishga ko‘proq urg‘u berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 30-iyun kuniga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting