So'g'diyona Toxir To‘xtasinov bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi
Yangi mavsum oldidan oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “So‘g‘diyona” tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
photo: So'g'diyona fk
Yangi mavsum oldidan oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “So‘g‘diyona” tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Bugun jamoamiz yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida yosh umidli futbolchi Toxir To‘xtasinov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026-yil yakuniga qadar amal qiladi.
Toxir To‘xtasinov professional faoliyati davomida Bunyodkor jamoasi safida to‘p surgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning U17, U18 va U20 yoshlar terma jamoalarida ishtirok etib, xalqaro tajriba orttirgan.
Futbolchimizga “So‘g‘diyona” safida barqaror o‘yin, yorqin lahzalar va yirik g‘alabalar tilaymiz.
Xush kelibsiz, Toxir!
Ibrohim Jalolov
Redaktor