Soʻgʻdiyona oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba bilan boshladi
Bugun Soʻgʻdiyona 2026-yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi. Jamoamiz Soʻgʻdiyona futbol akademiyasi maydonida Gulistonning Guliston FK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Oʻrtoqlik maqomida kechgan, ammo yuqori surʼat va keskin vaziyatlarga boy bahsda Soʻgʻdiyona 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi yosh futbolchilar hamda jamoaga endigina kelib qoʻshilgan yangi futbolchilarni sinovdan oʻtkazib, ularning jamoaviy va individual imkoniyatlarini baholash imkoniga ega boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Ivan Boshkovich boshchiligidagi Soʻgʻdiyona jamoasi 21-yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yoʻl oladi. Jamoa mavsumoldi tayyorgarligining ikkinchi bosqichini aynan Antaliyada davom ettiradi.