So'g'diyona Ollobergan Karimov bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlarni ko‘zlagan “So‘g‘diyona” futbol klubi tarkibni kuchaytirishda davom ettirmoqda.
photo: So'g'diyona fk
"Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlarni ko‘zlagan “So‘g‘diyona” futbol klubi tarkibni kuchaytirishda davom ettirmoqda.
Jamoamiz yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida tajribali futbolchi Ollobergan Karimov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026-yil yakuniga qadar amal qiladi.
Ollobergan Karimov professional faoliyati davomida So‘g‘diyona hamda Bunyodkor jamoalari sharafini munosib himoya qilgan. Shuningdek, u O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda faoliyat olib borgan.
Futbolchimizga “So‘g‘diyona” safida barqaror o‘yin, yorqin lahzalar va katta g‘alabalar tilaymiz.
Xush kelibsiz, Ollobergan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor