«So‘g‘diyona» Isakov va Soyibov bilan shartnomani uzaytirdi
Klub tarkibning o‘zagini saqlab qolmoqda.
Фото: Сўғдиёна ПФК
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi yana ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy mavsum “So‘g‘diyona” safida harakat qilgan darvozabon Shohruh Isakov va hujumkor yarimhimoyachi Nodir Soyibov bilan mehnat shartnomasi muddati 2026 yil oxirigacha uzaytirildi.
“Futbolchilarga kelasi mavsum jamoamiz safida omad va zafarlar tilab qolamiz”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist