So'g'diyona Aleksandar Boljevich bilan shartnoma imzoladi
"Yangi mavsum arafasida yuksak maqsadlar sari qadam tashlayotgan “So‘g‘diyona” jamoasi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Bugun klubimiz tajribali futbolchi Aleksandar Boljevich bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026-yil yakuniga qadar amal qiladi.
Faoliyati davomida Aleksandar Boljevich Standard Liège, Eupen, Hapoel Tel Aviv, Psv hamda Željezničar jamoalari safida to‘p surib, o‘zini mehnatkash, mas’uliyatli va ishonchli futbolchi sifatida namoyon etgan.
Shuningdek, futbolchi Chernogoriya milliy terma jamoasi safida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.
Aleksandarga “So‘g‘diyona” safida barqaror o‘yinlar, yorqin lahzalar va katta zafarlar tilaymiz!
Xush kelibsiz, Aleksandar Boljevich!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.