Soboslai faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi — bu Ronaldu emas
“Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai professional faoliyati davomida duch kelgan eng qiyin raqibini ma’lum qildi. Vengriyalik futbolchi o‘zining kumiri Krishtianu Ronalduni emas, xorvatiyalik afsona Luka Modrichni tanladi. Bu haqda JD Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Soboslai bu boradagi fikri anchadan beri o‘zgarmaganini ta’kidlagan. “Eng qiyin raqib? Luka Modrich. Men doim shunday aytaman va fikrimni o‘zgartirmayman”, — degan 25 yoshli futbolchi.
Soboslai va Modrich faoliyatlari davomida ikki marta bir-biriga qarshi maydonga tushgan. Dastlab ular 2019-yilda Vengriya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda to‘qnash kelgan bo‘lsa, keyinchalik 2024-yilda “Liverpul” va “Real Madrid” safida o‘zaro bahs olib borgan.
Ma’lumot uchun, Soboslai 2026/27-yilgi mavsumda “Liverpul” safida barcha turnirlarda hozirgacha 7 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan. Luka Modrich esa 2025-yil yozidan buyon “Milan” sharafini himoya qilmoqda. 41 yoshli xorvatiyalik joriy A Seriya mavsumida dastlabki 5 uchrashuvda maydonga tushgan.