locale OZ

Sobiq hakam Kamavinga bilan bogʻliq vaziyat haqida: «Bunday holatda qizil kartochka berib boʻlmaydi»

Eduardo Iturralde Gonsales Kamavingaga koʻrsatilgan qizil kartochka haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobiq hakam Kamavinga bilan bogʻliq vaziyat haqida: «Bunday holatda qizil kartochka berib boʻlmaydi»
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvining 86-daqiqasida «qaymoqranglilar» yarimhimoyachisi Eduardu Kamavinganing maydondan chetlatilishini baholadi.

Uchrashuvda Slavko Vinshich bosh hakamlik qilgan edi. Mazkur bahs 4:3 hisobida «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Yo‘q, bunday darajada emas... Avvaliga u qoidani buzdi, keyin esa to‘pni ushlab qolgani uchun sariq kartochka oldi. Kamavinga bunday yo‘l tutmasligi kerak edi, biroq bu darajadagi o‘yinda bunday holat uchun sariq kartochka ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bu yerda sog‘lom mantiq ishga tushishi kerak; bunday saviyada jamoani bir kishi kam bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Aminmanki, kimdir: «U to‘p bilan bor-yo‘g‘i to‘rt metr yurgandi-ku», deydi. Biroq Kamavinga ham bunday qilmasligi kerak edi, bu ham haqiqat», — deya Iturraldening so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kamavinga raqibga to‘pni uzoq vaqt bermasdan ushlab turgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting