locale OZ

Sobiq futbolchi politsiya xodimiga tan jarohat yetkazgani uchun qamoqqa olindi

Voqea shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi yuz bergan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobiq futbolchi politsiya xodimiga tan jarohat yetkazgani uchun qamoqqa olindi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, sobiq professional futbolchi politsiya xodimiga tan jarohati yetkazgani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Voqea shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi tungi barlardan birida yuz bergan. Taxminan tungi soat uchlarda muassasada mushtlashuv boshlangan va voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan. Mast holatda bo‘lgan 40 yoshli sobiq sportchi tartibni o‘rnatmoqchi bo‘lgan ayol politsiyachining burnini sindirgan, shuningdek, uning hamkasbiga ham zarba bergan.

Sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan, biroq mastligi sababli o‘sha kechadagi voqealarni eslay olmasligini bildirgan. Shuningdek, u jabrlanuvchidan rasman uzr so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs o‘z vaqtida Fransiyaning «Renn» klubi akademiyasida tahsil olgan. Hozircha uning shaxsi ochiqlanmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting