locale OZ

Sobiq “Barselona” darvozaboni “Atletiko” safiga qo‘shildi

22 yoshli posbon yangi mavsumda dastlab ikkinchi jamoa safida oʻynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobiq “Barselona” darvozaboni “Atletiko” safiga qo‘shildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi sobiq “Barselona” darvozaboni Ander Astralaga bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 22 yoshli ispaniyalik posbon erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi.

Astralaga “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, o‘tgan mavsumni ijara asosida “Granada” safida o‘tkazgan. Kataloniya klubi bilan shartnomasi yakunlangach, u faoliyatini Madridda davom ettirishga qaror qildi.

Yangi mavsumda darvozabon dastlab “Atletiko”ning ikkinchi jamoasi safida o‘ynashi kutilmoqda. Klub uning kelajakda asosiy tarkib uchun ham kurasha oladigan darvozabonga aylanishiga ishonmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting