locale OZ

Sobiq “Atletiko” futbolchisi Meksikada tahdidlarga uchradi

Argentinalik futbolchi madridliklar safida 444 ta oʻyin oʻtkazgan.
Sobiq “Atletiko” futbolchisi Meksikada tahdidlarga uchradi
FOTO: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi sobiq hujumchisi Anxel Korrea Meksikada jiddiy bosim va tahdidlarga duch keldi.

Jurnalist Alan Falabrinoning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi “River Pleyt”ga o‘tishga yaqin turgan va aynan shu sabab “Tigres” muxlislarining tahdidlaridan so‘ng Meksikani tark etishga majbur bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, “Tigres” rahbariyati transfer shartlarini so‘nggi daqiqalarda o‘zgartirgan. Shu bois kelishuv barbod bo‘lishi mumkin. Agar transfer amalga oshmasa, Korrea klub bilan shartnomasini bekor qilishga urinishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Anxel Korrea 2015–2025-yillar oralig‘ida “Atletiko” safida 444 ta uchrashuv o‘tkazib, 85 ta gol urgan. U klub bilan La Liga, Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting