Slotning istefosi jamoa va muxlislardagi norozilik sabab amalga oshgan
The Athletic nashrining ma'lum qilishicha Arne Slotning «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimidan ketishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi:
Iste’fo: Slotga bu haqda shanba kuni ertalab sport direktori Richard Xyuz xabar bergan. Qaror «og‘ir yurak» bilan qabul qilingani aytilgan.
Sabab: Rahbariyat dastlab murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan bo‘lsa-da, mavsum yakunidagi tahlillardan so‘ng, jamoa va muxlislardagi norozilik sabab o‘zgarishlar zarur degan xulosaga keldi.
Kutilmagan holat: Slot iste’foni kutmagan edi. U shanba kuniga qadar ham predsezon tayyorgarlik, transferlar va futbolchilarning rejalari bo‘yicha faol ish olib borayotgandi.
Murabbiylar shtabi: Slot «Feyenoord»dan yordamchisi Etenn Reynenni olib kelishga kelishgandi, ammo endi bu rejalar amalga oshmaydi. Shtabdagi Sipke Xulsxoff, Jovanni van Bronkxorst va Ruben Pitersning ketishi kutilmoqda.