locale OZ

Slot: «Standart vaziyatlarda raqib yaxshi harakat qildi»

Slot mag'lubiyat borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot: "Standart vaziyatlarda raqib yaxshi harakat qildi"
ФОТО: Getty images

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 6-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas"ga (1:2) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'lim juda qiyin kechdi. Chunki raqib yaxshi o'ynadi va 1:0 hisobida oldinga o'tishga loyiq edi. Baxtimizga, birinchi bo'limda bitta gol o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirish uchun bizga vaqt kerak bo'ldi. Standart vaziyatlarda raqib yaxshi harakat qildi. Ikkinchi gol ham shu tariqa kiritildi.

Agar APLda kurashmoqchi bo'lsang, standartlarda juda yaxshi muvozanat bo'lishi kerak. O'tgan mavsumda bu bizning kuchli tomonimiz edi. Bu mavsumda esa "Nyukasl"dan ikki marta va bu yerda ikki marta gol o'tkazib yubordik", - dedi Slot.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting