Slot: «Safardagi har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin»
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 9 noyabrda “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Safardagi har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin. Aslida uyda ham oson bo‘lmaydi, lekin safarda yanada murakkab kechadi. Mening fikrimcha, “Siti” – “Liverpul” uchrashuvi nafaqat muxlislar, balki futbolchilar uchun ham juda qiziqarli. Shaxsan men o‘z yurtimda bo‘lganimda bu o‘yinni televizor orqali tomosha qilardim. Bu haqiqiy “klassiko”ga o‘xshagan bellashuv”, — dedi Slot.
Ma’lumot uchun, 10-turdan so‘ng “Liverpul” 18 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, “Manchester Siti” esa 19 ochko bilan 2-o‘rinda. Jadvalni Londondagi “Arsenal” klubi 25 ochko bilan boshqarmoqda.