Slot «PSJ»ga qarshi bahs haqida: «Bu qiyin, lekin imkonsiz emas»
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi “PSJ”ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Avvalo, men futbolchilarga hisob 0:2 ekanligini eslatdim. Taassurotlar bundan ham yomonroq edi, lekin aslida biz 0:2 hisobida yutqazdik. Joriy mavsumdagi yirik o‘yinlarda biz allaqachon ajoyib o‘yinlar namoyish etdik. Boshqacharoq o‘tgan bahslar ham bo‘ldi, buni tushunaman, lekin yaxshilari ham yetarli edi. Ayniqsa, katta to‘qnashuvlar. Mening qo‘l ostimda o‘tkazilgan 49 ta uy uchrashuvining 36 tasida biz ikkita yoki undan ko‘p gol urdik. To‘g‘ri, biz har doim ham «PSJ»ga qarshi o‘ynamaganmiz, buni anglab turibman, lekin raqiblarimiz orasida kuchli jamoalar ko‘p edi. Biz Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibiga qarshi maydonga tushamiz. Vazifa qiyin, lekin imkonsiz emas”, — dedi Slot.