locale OZ

Slot: «Premyer-liga yildan-yilga yaxshilanmoqda, chunki barcha jamoalarning puli koʻp»

«Liverpul» bosh murabbiyi APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot: «Premyer-liga yildan-yilga yaxshilanmoqda, chunki barcha jamoalarning puli koʻp»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik uchun kurash borasida fikr bildirdi. Hozircha kelasi mavsumgi Chempionlar ligasi zonasida quyidagi jamoalar joy olgan: «Arsenal» (33 ochko), «Manchester Siti» (28), «Aston Villa» (27) va «Chelsi» (24).

O‘n to‘rt turdan so‘ng 22 ochko jamg‘argan «Liverpul» turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Shu bilan birga, «Brayton» (7-o‘rin) va «Manchester Yunayted» (8-o‘rin) ham 22 ochkodan to‘plagan.

«Bu menga Premyer-liga bu mavsum qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi. Turnir yildan-yilga yaxshilanmoqda. Sababi aniq — barcha jamoalar katta mablag‘larga ega. Bizning bosh maqsadimiz — kuchli to‘rtlikka qaytish, chunki joriy o‘rnimizdan mamnun emasmiz», — deydi Slotning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Maʼlumot uchun, shanba, 6 dekabr kuni «Liverpul» «Lids Yunayted» bilan o‘ynaydi. «Lids» APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda, ammo chorshanba kuni «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting