Slot oʻzaro suhbatdan soʻng Salohni tarkibga qaytardi
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining 16-turida «Brayton»ga qarshi o‘yinga jamoa tarkibiga kiritildi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror futbolchi va bosh murabbiy Arne Slot o‘rtasida 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng qabul qilingan.
Hujumchi «Liverpul»ning so‘nggi to‘rtta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmagan edi. O‘tgan hafta oxirida «Lids»ga qarshi uchrashuvda zaxirada qolganidan so‘ng, Saloh klub va murabbiyga tanqid bilan murojaat qilib, o‘ziga ajratilayotgan o‘yin vaqtining asossiz qisqartirilayotganini aytib o‘tgan.
Shu sababli u 6-turdagi Yevropa Chempionlar Ligasi «Inter» (1:0)ga qarshi o‘yiniga ariza ro‘yxatidan chiqarib yuborilgandi.
Shanba kungi o‘yin Salohning «Liverpul» safidagi joriy yildagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ladi — undan so‘ng u Afrika Millatlar Kubogiga jo‘nab ketadi.