Slot Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar qatoriga kiritildi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Slot terma jamoa bosh murabbiyligi uchun tuzilgan qisqa ro‘yxatdan o‘rin olgan. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar ham o‘tkazilgani aytilmoqda.
1 iyul kuni Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi amaldagi bosh murabbiy Ronald Kuman shartnomasi 31 iyul kuni yakunlangach, o‘z lavozimini tark etishini rasman ma’lum qilgan edi.
Arne Slotning so‘nggi ish joyi “Liverpul” bo‘ldi. U 2024/25 yilgi mavsumda mersisaydliklar bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq 2026 yil may oyida klub mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e’lon qildi.
Endilikda 46 yoshli mutaxassis Niderlandiya milliy terma jamoasini boshqarish uchun eng jiddiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Slot ilk bor mamlakat bosh jamoasi bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.