locale OZ

Slot nega «Liverpul» yozda Frimpongni sotib olganini aytdi

Mersisaydliklar Trent oʻrnini Jeremi bilan toʻldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot nega «Liverpul» yozda Frimpongni sotib olganini aytdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot nega mersisaydliklar «Bayer» klubidan o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpongni xarid qilganini tushuntirib berdi.

2025 yil yozida «qizillar» safini Trent Aleksander-Arnold tark etib, Madridning «Real» klubiga yo‘l olgan, uning o‘rnini esa Frimpong bilan to‘ldirishga qaror qilingan edi.

«Variantlarni ko‘rib chiqayotganimizda, Jeremi biz birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan futbolchilardan biri bo‘ldi. Bunga asosan uning juda yuqori tezligi sabab bo‘ldi.

Temp — bu bir masala. Hujumga tez-tez ulanishingiz kerak bo‘lganida bu muhim. Ammo masalan, «PSJ»ning qanot hujumchilariga qarshi o‘ynayotganingizda, tezlik hayotiy ahamiyat kasb etadi», — deydi Slot.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting