locale OZ

Slot: «Natija haqida soʻrashga hojat yoʻq, hisobning oʻzi hammasini aytib turibdi»

«Liverpul» bosh murabbiyi «Man Siti»dan uchralgan yirik magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot: «Natija haqida soʻrashga hojat yoʻq, hisobning oʻzi hammasini aytib turibdi»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylaymanki, natija haqida so‘rashga hojat yo‘q, chunki hisobning o‘zi hammasini aytib turibdi. Bu biz uchun kutilmagan va ulkan umidsizlik bo‘ldi. Mag‘lubiyatning o‘zi yoqimsiz, ammo chorak final bosqichida «Liverpul» muntazam ravishda tengma-teng kurashib kelgan va ko‘p bor g‘alaba qozongan raqibiga 0:4 hisobida yutqazishi — bu juda og‘ir zarba. To‘rtta gol o‘tkazib yuborilgan o‘sha 20 daqiqa bizning o‘yin uslubimizga mutlaqo zid edi», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya Kubogining yarimfinal juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi bugun, 5 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Musobaqaning yarimfinal bahslari esa 25 va 26 aprel kunlari Londonning muhtasham «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting