Slot: «Liverpul» hech qachon Jotaning oʻlimini natijalar uchun bahona sifatida ishlatmaydi»
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot APLning 12-turidan oʻrin olgan «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindan oldin jamoa natijalariga Diogu Jotaning o‘limi ta’siri haqida gapirdi.
Eslatib oʻtamiz, 2025 yil 3 iyulda «Liverpul» va Portugaliya milliy jamoasi vingeri Diogu Jota avtohalokatda vafot etdi. U bilan birga uning ukasi Andre — Portugaliyaning ikkinchi ligasidagi «Penafiel» klubi futbolchisi ham hayotdan ko‘z yumdi.
«U bizga nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham yetishmasligi aniq. Hozir biz «Nottingem»ga qarshi o‘ynaymiz, o‘tgan mavsumda u yerda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganmiz, va Jotaga hisobni tenglashtirish uchun atigi bir daqiqa kerak edi. Shubhasiz, biz uni inson sifatida ham sog‘inamiz», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi ESPN.
«Buning futbolchilarga va natijalarimizga ta’sirini o‘lchashning imkoni yo‘q. Men buni aslo bahona sifatida ishlatmayman. Bizga futbolchi yetishmayapti va inson yetishmayapti, lekin uning ta’sirini natijalarga qanday hisoblash mumkinligini ayta olmayman. Va biz hech qachon buni bahona sifatida ishlatmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Maʼlumot uchun, «Liverpul» va «Nottingem Forest» o‘rtasidagi o‘yin 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.