locale OZ

Slot Kyezaning o‘yinidan norozi

Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 16 o‘yinda ikki gol va uchta assistga ega bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot Kyezaning o‘yinidan norozi
ФОТО: Getty images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot vinger Federiko Kyezaning o‘yinidan qoniqmayapti.

Niderlandiyalik murabbiy o‘tgan mavsumda «Plimut»ga sensatsion mag‘lubiyatdan so‘ng italiyalik futbolchidan qattiq ranjidi – va bu murabbiyning futbolchiga nisbatan noroziligidagi yagona misol emas, deb xabar beradi jurnalist Lyuis Stil.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Slot Kyezaga ishonmaydi va shu bois u asosiy tarkibga kirishi qiyin, hatto zahiradan maydonga tushib muntazam gol ursa ham.

Federiko Kyeza 2024 yil avgust oyida «Yuventus»dan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘sha yozda «qizillar»ni Arne Slot boshqarishni boshlagan. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 16 o‘yinda ikki gol va uchta assistga ega bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting