Slot jamoasining asosiy kamchiligini aytdi
Bugun “Liverpul” o‘z maydonida "Aston Villa”ga qarshi o‘ynaydi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining joriy mavsumdagi asosiy kamchiligini aytib o‘tdi.
“MYu” va “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda oldinga borayotgan vaqtimiz darvozamiz tomon deyarli hujum bo‘lgani yo‘q.
Avvalgi o‘yinlarda ham raqiblar unchalik ko‘p imkoniyat yaratmagan. Bizga o‘tgan mavsumdan ko‘ra ancha kam xavf tug‘dirmoqda.
Shuning uchun muammo himoyada deb o‘ylamayman. Asosiy kamchilik – yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalana olmaslikda», – dedi niderlandiyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Ma’lumot o‘rnida, bugun “Liverpul” o‘z maydonida "Aston Villa”ga qarshi o‘ynaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist