Slot: «Jamoada ishonch yo‘qolgani yo‘q»
Ma'lumot uchun, “Liverpul” so‘nggi to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Manchester Yunayted”ga (1:2) uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.
“Ko‘p imkoniyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Standart vaziyatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarimiz qimmatga tushdi. Albatta, og‘riqli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Lekin kelgusi bahslar uchun saboq bo‘ladi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng ishonch yo‘qoldi deb o‘ylamayman. Futbolda shunday paytlar bo‘ladi. Biz faqat barqarorlik va samaradorlikni tiklashimiz kerak”, — dedi Slot.
Ma'lumot uchun, “Liverpul” so‘nggi to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist