locale OZ

Slot: «Hozir g‘azabdaman, lekin jamoada o‘sish bor»

«Liverpul» bosh murabbiyi «Man Siti»dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slot: «Hozir g‘azabdaman, lekin jamoada o‘sish bor»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasining 25-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan bahsdagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir ichimda g‘azab va, albatta, juda katta umidsizlik bor. Birinchi bo‘limda «Siti» maydondagi eng yaxshi jamoa bo‘ldi, garchi ular ko‘p vaziyat yaratmagan bo‘lsalar-da — faqatgina birinchi daqiqada Holand bilan bog‘liq epizodni eslash mumkin. Raqib to‘p bilan erkinroq harakat qildi. Ammo, menimcha, so‘nggi uch-to‘rt oy ichida erishgan o‘sishimiz bugun barchaga yaqqol ko‘rindi.

Ikkinchi bo‘limda biz darajani ko‘tardik — birinchi navbatda intensivlikni oshirdik. Faol pressing qildik va bu oxirgi oylardagi eng katta yutug‘imizdir: endi butun jamoa dunyoning, ehtimol, eng kuchli jamoasiga qarshi yuqori saviyada o‘ynay oladi. To‘psiz harakat qilish borasida tashlagan qadamimiz — bu aniq olg‘a siljishdir», — deya Slotning so‘zlarini keltirmoqda L'Équipe.

Ayni damda «Liverpul» APL turnir jadvalida 39 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting