Slot: «Hisob 3:0 bo‘lib turgani vaqtda erta taslim bo‘lmadi»
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot APLning 11-turida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Hafta juda yaxshi boshlandi, ammo yomon yakunlandi. Shunga qaramay, safarda “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynash har qanday jamoa uchun va albatta, biz uchun ham jiddiy sinov.
O‘tgan mavsumda biz bu yerda g‘alaba qozongandik. Standart vaziyatdan gol urib hisobda oldinga chiqqandik va keyin himoyada juda tartibli futbol namoyish etgandik. Bugun esa o‘sha bahsli penalti epizodidan tashqari g‘alaba qozonish imkoniyati kam edi. Hisob 1:1 bo‘lganda nima bo‘lardi, bilmayman. Tan olish kerakki, ular bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz menga ma’qul keldi. Ko‘p jamoalar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan vaqtda erta taslim bo‘lishadi. Ammo biz bunday manzarani ko‘rmadik”, - dedi Slot.