Slot: «Bu «Liverpul» bilan birgalikdagi ajoyib sayohat bo‘ldi»
Uning qo‘l ostida «Liverpul» 2024/2025-yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot klubdan ishdan bo‘shatilganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
«Bu «Liverpul» bilan birgalikdagi ajoyib sayohat bo‘ldi. O‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olganimizdan juda minnatdorman», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Niderlandiyalik mutaxassis mersisaydliklarni 2024-yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi.
Uning qo‘l ostida «Liverpul» 2024/2025-yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘ldi. Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, «qizillar» 60 ochko to‘plab, beshinchi o‘rinni egalladi. «Liverpul»ga tayinlanishidan oldin Slot «Feyenoord»ni boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist