locale OZ

Skott Maktominey Saudiyadan tushgan katta taklifni rad etdi

Futbolchining «Napoli» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Skott Maktominey Saudiyadan tushgan katta taklifni rad etdi
FOTO: Getty Images

Saudiya Pro-Ligasining nomi oshkor etilmagan klubi «Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktomineyga katta maoshli shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Insayderning ma’lum qilishicha, Italiya klubi xavbeki ushbu taklifni rad etgan. Shotlandiyalik futbolchi o‘zining hozirgi jamoasi bilan amaldagi kelishuvini 2030 yilga qadar uzaytirish niyatida.

Joriy mavsumda Skott Maktominey klub safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting