Skaloni Messi qachon faoliyatini tugatishi haqida gapirdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa sardori va hujumchisi Lionel Messining qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.
«Bu uning o‘ziga bog‘liq. Uning xohishi bor ekan, u eng yaxshilardan biri bo‘lib qolaveradi. Albatta, 50 yoshida emas, ammo o‘ynashni istasa, u hamon eng kuchlilar qatorida bo‘ladi. Men hatto uning 23–24 yoshida, "Barselona"da qanday o‘ynaganini tasavvur ham qila olmayman. Biz bu haqda tez-tez gaplashamiz. Menimcha, unda xohish bor ekan, u doimo eng yaxshilardan biri bo‘lib qoladi», — dedi Skaloni Mundo Deportivo nashriga.
Lionel Messi faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U joriy mundialda 8 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.