locale OZ

Skaloni Messi ketganidan keyin Argentina terma jamoasining yangi sardorini tanladi

Lionel Messi 6-oktabr kuni Benin terma jamoasiga qarshi Buenos-Ayresdagi “Monumental” stadionida Argentina safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Skaloni Messi ketganidan keyin Argentina terma jamoasining yangi sardorini tanladi
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyati yakunlangach, sardorlik bog‘ichini Kristian Romeroga topshirishini tasdiqladi. “Kuti” laqabli himoyachi jamoaning yangi asosiy sardoriga aylanadi. Bu haqda TyC Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Scaloni sardorlar ierarxiyasini ham belgilab bergan. Romero birinchi sardor bo‘lsa, darvozabon Emiliano Martines ikkinchi, hujumchi Lautaro Martines esa uchinchi sardor vazifasini bajaradi. Murabbiy Romeroni bu mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor futbolchi sifatida ko‘rayotganini ta’kidlagan.

Romero avval ham Argentina safida sardorlik bog‘ichini taqqan. Scaloni qayd etganidek, u Messi va Nikolas Otamendidan keyin terma jamoaning sardorlik ierarxiyasida yuqori o‘rinlardan birini egallab kelgan. Endi Messining ketishi bilan 28 yoshli himoyachi bu vazifani doimiy ravishda bajarishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 6-oktabr kuni Benin terma jamoasiga qarshi Buenos-Ayresdagi “Monumental” stadionida Argentina safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. Terma jamoadagi afsonaviy 10-raqam esa hozircha boshqa futbolchiga biriktirilmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting