locale OZ

Skaloni Leonardo Balerdi uchun o‘rinbosar topish haqida izoh berdi

Avvalroq futbolchi o‘ng oyog‘ining boldir mushagidan olgan jarohati tufayli turnirni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Skaloni Leonardo Balerdi uchun o‘rinbosar topish haqida izoh berdi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoadagi markaziy himoyachi Leonardo Balerdining o‘rniga 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi uchun o‘yinchi izlash haqida gapirdi.

Avvalroq futbolchi o‘ng oyog‘ining boldir mushagidan olgan jarohati tufayli turnirni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi. Kecha, 10 iyun kuni Argentina Islandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi (3:0).

«Ehtimol, qaror qabul qilish uchun menga bir kundan ko‘proq vaqt kerak bo‘lar. Bizda vaziyat haqida tasavvur bor, lekin biz buni muhokama qildik va ehtimol, bizga bir yoki ikki kun kerak bo‘ladi, chunki so‘nggi o‘yin meni qoniqtirdi va ko‘plab shubhalarni bartaraf etdi. Bu menga shu qarorga kelishimga yordam berdi. Ikkita variant bor, biz kutamiz», — deya Skalonining so‘zlarini keltiradi Olé.

Bo‘lajak jahon chempionatida guruh bosqichi doirasida Argentina terma jamoasi Jazoir (17 iyun), Avstriya (22 iyun) va Iordaniya (28 iyun) bilan o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting